letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de men o'zimni sevaman - tohir mahkamov

Loading...

men o’zimni sevaman, menga o’zim yoqadi
endi menga baribir, kim qanaqa boqadi
to’nim kalta va lekin yo’qdan ko’ra shukr bor
bu dunyoda hech odam emas mendek baxtiyor

gap esh-tsam jilmayib, kaltak yesam kulaman
chap yuzimga urishsa, o’ngin tutib turaman
yurak degan qabrga armonimni ko’mganman
va ustida bolamga o’yin tushib berganman

har tong qarab oynaga, deyman “mening g’amim yo’q”
men sog’lomman, men zo’rman, tashvishim yo’q, kamim yo’q
g’animlarim yov, lekin men ulardan qarz emas
hech qaysisi jonimni tikishimga arzimas
xomush bo’lar ba’zilar sochin oqin sanashib
menga esa turibdi, ajinlar ham yarashib
tikan – tikan, gul – guldir, har narsa o’z holicha
azizlarim, dunyoni qabul qiling boricha

oson yashay desangiz, maslahatim olvoling
o’zingizni ozgina jinnilikka solvoling
yashashga emas bizni imtihonga tashlabdur
pirim o’sha kovushsiz, devonai mashrabdur

ko’ylagimni so’rashsa, to’nimni ham beraman
tikanlarning ichidan gullolalar teraman
g’am so’zidan o’zimga shodlik so’zin yasayman
men shunaqa, o’zimni xursand qilib yashayman

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...