letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de hayot - tohir mahkamov

Loading...

hayot – o’rmon tulkisi
och bo’riga o’xshaydi
tiz cho’kib yo’lbarslari
najot so’rab yig’laydi

hayot – hayot, odamlar
goh odamga o’xshamas
xokisor qalb yig’laydi
yetim nolon to’xtamas

hayot - osmon yulduzi
armon deydi eskilar
shohni ham, gadoni ham
mehmon deydi eskilar
hayot – karvon uyasi
sahrodan suv so’raydi
sabrning kosasiga
o’rgimchak to’r o’raydi

hayot – sharob, quyilib
kayf yarmida tug-ydi
bag’irlar kabob bo’lib
kir ko’rada tutaydi

hayot – bevafo go’zal
hech kimga qilmas vafo
bandang bilib bandangni
asragin qodir, xudo

hayot – bekat, keladi
va ketadi qanchalar
kimdir mag’rur yashaydi
kimdir ostona yalar

hayot – achchiq haqiqat
u kimga ham yoqardi
haqni haq bilganlarning
go’rda sochi oqardi

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...