letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de almashaman - tohir mahkamov

Loading...

bisotimni bog’da bir halol
kapalakka almashaman men
hayotimni ko’kdagi zilol
kamalakka almashaman men

yog’dularga ko’milgan shahar
devorlari yelkamni chaqar
uyim qasr bo’lsa ham agar
guvalakka almashaman men

xushomadni suymaydi jinim
menga havas qilmagin, inim
shuhratimni totli bir tilim
handalakka almashaman men
qo’shiqlarim bo’lib ovoza
elda mashhur emishman toza
kuylab topgan baxtim bir kosa
sumalakka almashaman men

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...