letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de inson o'zing - sherali jo'rayev

Loading...

inson o’zing lyrics
sobiti sayyorada
inson o’zing, inson o’zing
mulki olam ichra bir
xoqon o’zing, sulton o’zing
xoqon o’zing, sulton o’zing

sobit o’z ma’vosida
sayyor fazo dunyosida
koinot sahrosida
karvon o’zing, sarbon o’zing
koinot sahrosida
karvon o’zing, sarbon o’zing

bu yorug’ dunyo nadur
koshonadur, vayronadur
senga mehmonxonadur
mehmon o’zing, mezbon o’zing

sobiti sayyorada
inson o’zing, inson o’zing

marsga ham uchguvchi sen
zuhroni uyg’outguvchi sen
uyquda qotguvchi sen
uyg’on o’zing, uyg’on o’zing
atomni ijod etib
dahshat balo bunyod etib
atomni ijod etib
dahshat balo bunyod etib
oqibatni yod etib
hayron o’zing, hayron o’zing

kim farangu kim habash
irq, qon talash, iymon talash
shulmu insondek yashash
armon o’zing, afg’on o’zing

onaizorning zamin
tanho yo’g’u boring zamin
xasta bemoring zamin
o’g’lon o’zing, darmon o’zing

bag’rida yotquvchi sen
ne’matlarin totguvchi sen
tig’ bo’lib botguvchi sen
qalqon o’zing, paykon o’zing

ey sen erkin, sen bugun
yozding dilingdan bir tugun
sen kimu ne dahri dun
biyron o’zing, nodon o’zing

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...