letra de atirgulim - sherali jo'rayev
atirgulim lyrics
atirgulim, atringni soch
mayli tikan xoring bo’lay
ko’z tegmasin bo’yingga deb
tilovchi zor-zoring bo’lay
mayli bo’lay ko’zmunchog’ing
bo’yningda tumoring bo’lay
yiroq ketma, ketsang agar
yo’lingda sardoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
yig’lamagin, yig’latmagin
dunyoda yolg’iz o’tmagin
sevdim deya kuylay yonib
hargiz meni bo’zlatmagin
har dam yoningda o’lturay
ket deb sira ham aytmagin
ko’zlar yonib, yuzlar qizib
aytgan so’zingdin qaytmagin
bog’la bo’yningga qo’llarim
mayliga zunnoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
mayli deyin, axtarsinlar
sendek go’zal dunyoda yo’q
qoshlar qalam, ko’zlar suzuk
lablar asal dunyoda yo’q
sensiz jahonning o’zi yo’q
she’ru g’azal dunyoda yo’q
kelgin davo ber dardima
mendek kasal dunyoda yo’q
dunyoga teng husning uchun
yolg’iz xaridoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
sochingda qasding bormidi
janon kesibsan ostidan?
tuproqqa ketdi to’lg’anib
g’addor qaychining dastidan
erkakcha qirtishlab uni
ro’ymol yulindi ustidan
nozik beling bo’ldi judo
qirqta haqiqiy do’stidan
erkakcha qirtishlab uni
ro’ymol yulindi ustidan
nozik beling bo’ldi judo
qirqta haqiqiy do’stidan
soch o’rnida endi o’zim
mayliga dastoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
boring bo’lay, yo’g’ing bo’lay
yoningdagi yoring bo’lay
letras aleatórias
- sarius › letra de the child of war/dziecko wojny - sarius
- bardomagno › letra de asburgo - bardomagno
- chief stylah › letra de five four - chief stylah
- juice wrld › letra de left, right* - juice wrld
- goscie label › letra de discohymn gości - goście label
- official53crew › letra de new york city - official53crew
- sarah martinson › letra de opportunity - sarah martinson
- miguel abuelo › letra de señor carnicero - miguel abuelo
- samuel colunga › letra de recess - samuel colunga
- quebec redneck bluegrass project › letra de royal roman casino - québec redneck bluegrass project