letra de yulduzimsan - shaka (uzb)
[matn “yulduzimsan” ft. bakhtiyor rahman]
[verse 1: shaka]
o‘sha yulduz – o‘sha yulduz, so‘nmadi hali hanuz
lek yuzin zab berkitdiyu sayyoramga keldi kuz
uzluksiz ul zulfi bilan ob havoyim boshqarar
qarorgohim u yulduzga umidsizlarcha mahbus
tuzdek qotgan ko‘zlarimga shuʼlasi yetg-ymikin
muzdek qalbim ashulasidan erib ketg-ymikin
men ne yo‘ldoshdirman-ki ul yulduz-la hamxona
to‘qnashsammikan yo, gravitatsiya bahona
goho kimlar ozib-yozib, yonidagi qizlariga
yulduzlarni uzarman der, go‘yo ular izmlarida
koinot, lek afsus yo‘q bunday tizim
zimiston bo‘lardi ko‘k, yulduzlarni uzganimizda
kezi kelib quyoshni ham uzib olsak gar
saharimni qaytar deb jo‘sh urardi shaharlar
men yaxshi repper, lek sariq chaqa qaro ko‘nglim
sen bir tiyinlik repper, lek taratgan nuring so‘lim
[naqorat: bakhtiyor rahman]
yulduzimsan, samolardan nur sochgan
gulyuzim
yulduzimsan…
[verse 2: shaka]
o‘sha shaka, o‘sha shaka, uchar raketadaka
bir yuz ellik million kilometr bir o‘zi falakda yakka
butun umri uvolmasdir manziliga yetmakka, lek
ne yuzqarolik turtkiladi uni uchib ketmakka?
koinotda musofir u, goh soxta, goh haqiqiy u
yurtdan ayro kimsa vayron, xoh muslim xoh yahudiy u
kamina tohirdir u yulduz zuhro bo‘lsa gar
aylanib o‘rgilib, oxir talpinaman ul qadar
[naqorat: bakhtiyor rahman]
yulduzimsan, samolardan nur sochgan
gulyuzim
yulduzimsan…
yulduzimsan
somon yo‘lidan qochgan gulyuzim
yulduzimsan…
[outro]
yulduzimsan
gulyuzimsan
yulduzimsan
yulduzimsan
letras aleatórias
- bryson tiller › letra de i love beyonce too - bryson tiller
- redbird › letra de hold on - redbird
- lill lindfors › letra de pass through fear - lill lindfors
- t boz › letra de rebel yell - t-boz
- jdizzle › letra de green - $jdizzle$
- luis coronel › letra de guerrero de corazon - luis coronel
- clc › letra de 카페모카 주세요 (cafe mocha please) - clc
- krayzie bone › letra de i strive - krayzie bone
- donnie trumpet the social experiment › letra de sunday candy - donnie trumpet & the social experiment
- gwen mccrae › letra de 90% of me is you - gwen mccrae