letra de aldagan sen - shahzoda
ko‘zlarimga boq
rostini so‘zla
senga vafo etmadimmi?
hammadan kechib
bir seni deya
ayt, balki xato qildimmi?
men uchun yolg‘iz
suyanchim eding
ishongandim senga dilimni
endi sen mendek
xo‘rlanganingda
men senga kerak bo‘ldimmi?
aldagan sen
tunlar dardli yig‘latgan sen
armonlarga yuzlatgan sen
ishontirib, ayt, nega ketding?
aldagan sen
sensizlikka o‘rgatgan sen
yuragimni muzlatgan sen
unutganda, ayt, nega kelding?
ko‘zlarimga boq
qanchalar bu dard
azoblagan yuragimni
men yashar edim
seni deb faqat
sezmas edim keragimni
ayt, nega kelding
yangilab yana
unutilgan alamlarimni?
sen emasmiding
axir o‘shanda
o‘yin qilgan tuyg‘ularimni?
aldagan sen
tunlar dardli yig‘latgan sen
armonlarga yuzlatgan sen
ishontirib, ayt, nega ketding?
aldagan sen
sensizlikka o‘rgatgan sen
yuragimni muzlatgan sen
unutganda, ayt, nega kelding?
aldagan sen
tunlar dardli yig‘latgan sen
armonlarga yuzlatgan sen
ishontirib, ayt, nega ketding?
aldagan sen
sensizlikka o‘rgatgan sen
yuragimni muzlatgan sen
unutganda, ayt, nega kelding?
letras aleatórias
- 3gandeboy › letra de мжм (mgm) - 3gandeboy
- heymrnoodles › letra de its been a lil while (prod. kimj) - heymrnoodles
- mike mains the branches › letra de only thing i need - mike mains & the branches
- ed maverick › letra de clubmaster plata (versión casera) - ed maverick
- st maria › letra de fear factor - st. maria
- bad luck › letra de love song - bad luck.
- daila › letra de на х - daila
- yung felcey › letra de lil dogecoin - yung felcey
- kingdom movement › letra de lindo és - kingdom movement
- jack river › letra de sugar mountain - jack river