letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de onam qariganin sezmay qolibman - sardor mamadaliyev

Loading...

yillar sochlariga to’ldiribdi oq
bugun ajinlariga nazar solibman
bolamning bo’yiga termulib, ey voh
onam qariganin sezmay qolibman

yillar sochlariga to’ldiribdi oq
bugun ajinlariga nazar solibman
bolamning bo’yiga termulib, ey voh
onam qariganin sezmay qolibman

qachon men onamning qadriga yetdim?
bevafo do’st-yorga jon fido qildim
bugun ich-ichimdan ezilib ketdim-ey
onam qariganin sezmay qolibman
bugun ich-ichimdan ezilib ketdim-ey
onam qariganin sezmay qolibman

dunyoda “dunyo”, deb yugurib yeldim
“bormisan, sog’indim, kel”, desa keldim
duoga qaltirab qo’l ochgach bildim-ey
onam qariganin sezmay qolibman
duoga qaltirab qo’l ochgach bildim-ey
onam qariganin sezmay qolibman

yurakdan quchdim-u, yuragim pora
meni deb o’zidan kechgan bechora
yurakdan quchdim-u, yuragim pora
meni deb o’zidan kechgan bechora
o’zim bilan o’zim bo’ldim ovora
onam qariganin sezmay qolibman

yerdagi farishtam, ko’kdagi oyim
boshlandi dilimda qiyomat qoyim
bandangni g’aflatdan qutqar, xudoyim-ey
onam qariganin sezmay qolibman

bandangni g’aflatdan qutqar, xudoyim
onam qariganin sezmay qolibman

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...