letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de bir kecha - sardor mamadaliyev

Loading...

yulduzli kechada to’lib iforing
kuygan yuragimning taftini olgin
meni tutaverar sening xumoring
ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin

ertani ko’rish yo’q ham ortga qaytish
xayolga ergashib, telbadek daydish
hech kimga aytish yo’q, hech kimga aytish
ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin

maylida, shu oqshom yilga aylansin
orzularim oppoq gulga aylansin
ko’nglim armonlari kulga aylansin
ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin
bir kecha, bir kecha, bir kecha qolgin
ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin
hech kimga aytish yo’q, hech kimga aytish
ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin

kulbamni yoritsin yuzlaring shami
labimdan ketmasin bo’salar ta’mi
bo’lardi umrimning eng shirin dami
ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin

iltijo qilaman, chiqma, deb kunga
ohimdan osmonlar to’lsin tutunga
alishaman qolgan umrim shu tunga
ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin

maylida, shu oqshom yilga aylansin
orzularim oppoq gulga aylansin
ko’nglim armonlari kulga aylansin
ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin

bir kecha, bir kecha, bir kecha qolgin
ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin
alishaman qolgan umrim shu tanga
ming kecha bo’lmasa, bir kecha qolgin

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...