letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de ajab holat emasmu - ozodbek nazarbekov

Loading...

boqmas manga jonona, ajab holat emasmu?
bo’ldi yana begona, ajab holat emasmu?
boqmas manga jonona, ajab holat emasmu?
bo’ldi yana begona, ajab holat emasmu?

bexudlig’u savdo bila qildi meni mashhur
ul ko’zlari mastona, ajab holat emasmu?

qil uchig’a, ey voyki, yetmas mening ilgim
zulfini tutar shona, ajab holat emasmu?

ul huri pari chehra qarab ko’z uchi birla
qildi meni devona, ajab holat emasmu?

to’yg’uncha ko’zum ko’rmas ekach tushta xayoling
bo’ldi so’zum afsona, ajab holat emasmu?
bir kun meni giryon elina tushmadi hargiz
ul gavhari yakdona, ajab holat emasmu?

usruk ko’zu la’li meni o’turgali, lutfiy
bo’lmish yeri mayxona, ajab holat emasmu?

qil uchig’a, ey voyki, yetmas mening ilgim
zulfini tutar shona, ajab holat emasmu?

ul huri pari chehra qarab ko’z uchi birla
qildi meni devona, ajab holat emasmu?

boqmas manga jonona, ajab holat emasmu?
bo’ldi yana begona, ajab holat emasmu?

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...