letra de va'dalar - botir qodirov
va’dalar zanjirin osib bo’yningga
muhabbatdan olov soldim qoy’ningga
beruxsat kiribman ko’ngil uyingga
dil izhor aylasam takror va takror
nechun sevganimga ishonmaysan jon
nechun sog’inganimga ishonmaysan yor?
vasling uchun yana nima qilay ayt?
jonimni tutaymu yoki bunday payt?
ohlarim yetmasa, kamlik qilsa bayt
firoqing dastidan yuragim bemor
nechun sevganimga ishonmaysan jon
nechun sog’inganimga ishonmaysan yor?
ozoring qalbimga otilgan o’qdir
qalbim ham kaftimda titragan cho’g’dir
armonning zarbiga bardoshim yo’qdir
oyog’im zir titrab, bo’ynimdadir dor
nechun sevganimga ishonmaysan jon
nechun sog’inganimga ishonmaysan yor?
labimda sachrasa so’nggi so’zlarim
ishq deb ochiq ketsa giryon ko’zlarim
oshiqdan yodgordir qonli izlarim
endi ortga qaytmoq uning uchun or
nechun sevganimga ishonmaysan jon
nechun sog’inganimga ishonmaysan yor?
va’dalar zanjirin osib bo’yningga
muhabbatdan olov soldim qo’yningga
nechun sog’inganimga ishonmaysan jon?
letras aleatórias
- jarod › letra de midnight - jarod
- czarface › letra de czar wars - czarface
- shaolin gang › letra de kodi sekret - shaolin gang
- irontom › letra de your mother - irontom
- sonreal › letra de repo man - sonreal
- jack amanda palmer › letra de wynken, blyken and nod - jack & amanda palmer
- ezra jordan › letra de drag me down - ezra jordan
- may › letra de first thing - may
- dizko › letra de overdoze - dizko
- vietna › letra de ter ou não ter - vietnã