letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de muborak kun - botir qodirov

Loading...

bu ulug’ yillarning hikoyasi bor
gohi baxt, gohi ishq afsonasi bor
buni hayot derlar, bunda insonning
goh zarbi, gohida himoyasi bor

mehribon insonning, yaxshi insonning
qadrdoni ko’pdir, ulfati ko’pdir
bir-biridan aziz farzandlari-yu
shirin nabiradek parvonasi bor

bugungi chiroyli kun muborakdir
muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt
onamni baxtiyor qildingiz, dada
qiz-u o’g’illarga panoh bo’dingiz
otang kim desalar, sevinaman-da
sizning o’g’lingizman, sizning o’g’lingiz

mana, oila bor har birimizda
nabira, chevara qurshovidasiz
biz sizdan o’rgandik yashnashni, ota
doim mehrimizning qurshovidasiz

bugungi chiroyli kun muborakdir
muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt

ellik yil – bu hali otmishning boshi
oldinda turibdi yetmishning oshi
olloh marhamatin ayamasin hech
yuzga kirib yuring, oilaboshi

kimdir to’y boshlasa, boshida turib
kimdir muhtoj bo’lsa, kamin to’ldirib
mehribon bo’ldingiz qarindoshlarga
duolar oldingiz ehsonlar qilib

yaxshi niyatlarga bersin ijobat
sizni har ko’chada kutaversin baxt
bugungi chiroyli kun muborakdir
muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt
bugungi chiroyli kun muborakdir
muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...