letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de dunyo - yıldız usmonova & юлдуз усманова (yulduz usmanova)

Loading...

bahorman, deb bahor kulib keladi
yoz issig‘i jonlar yoqib keladi
hosilli kuz bizni xursand qiladi
hisob uchun izg‘irin qish keladi

hayot ham sevgi bilan boshlanadi
muhabbat to‘la qalbing yonadi
to‘y-tomosha qilib umring o‘tadi
qarabsanki, bir kun ajal yonda turadi

dunyo
ona qilib yaratmagin
dunyo
farzand dog‘in ko‘rsatmagin
dunyo
onalarning onasisan, kim farzandin yomon ko‘rar?
insofini tilab bergin

dunyo
kim yomon bo‘lgisi kelar
dunyo
kim yerda yurgisi kelar, dunyo?
orzular ham bulutlarda, qanotlari bo‘lmasa ham
o‘rni bor, uchgisi kelar, dunyo

bo‘lmas, zamonni qaytarib bo‘lmas
bukruni to‘g‘rilab bo‘lmas
ajalni qaytarib bo‘lmas
ona uchun farzand birdir
bolaning yomoni bo‘lmas
aytmas, inson to‘g‘rini hech aytmas
qaytmas, yomonlar fitnadan qaytmas
kechmas, mardlar maydonidan kechmas
har inson fe’li boshqadir
ona uchun yomon bo‘lmas

dunyo
ko‘zlarim nurini olma
dunyo
qalbim sho‘rini olma
dunyo
faqat san olim bu ishda
olsa ham mening jonimni
olma faqat imonimni

dunyo
umrini ber bolalarimni
dunyo
ko‘paytirgin do‘stlarimni
dunyo
san taniysan dushmanimni
yomonlik istamayman, lek unutma haqiqatingni
dunyo

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...