letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de no name - shoxrux

Loading...

tomonima esadi yellar, kimyoviy yomg’irlar
bo’lmagan gaplardan paydo bo’lgan hulosalar
ulardan natijada so’raladigan bema’ni savollar
o’tadi qora ko’zlar, huddi bir o’zlarining nazarida
betakror va go’zallikda tengi yo’qlar, shirin so’zlar
qalbakilashtirilgan ismlar, sun’iy ko’rinishlar, hammasi bir tiyin
gap so’z bozorida g’iybatdan foyda ko’rgan asallar
kundalik daftarlariga hayotimni beor holatda yozib bitganlarga
parvoyim yo’q, ovora bo’lmasinlar. (do you hear me?)
dengizda kema misoli suzarim aniq, to’xtaganim yo’q hali ou
tanu jonim salomat, yo’qotganim yo’q bilagimdagi quvvatimni
zo’r emasman, yerda ham qolgan emasman

kun o’tar kundan g’animat
yuraklarda yotar hasrat
yaxshi so’z bilan yaxshilar bo’laylik
qalblarimizga yo’l topaylik
hamma hammaga g’animat
afsus topmay oxiri oqibat
yaxshilik qilib hamohang bo’laylik
do’stlik dargohiga jam bo’laylik

demadim o’zgani yomon, qilmadim isyon
qalbimda saqlamadim gumon, topmadim ziyon
yomonning esa yomonligining o’zi yuz bora zarariga kifoya
hayotning sovg’alari ko’p hali, ko’rinmas nihoya
ha, o’z yo’lim sari qadamim ravon, man bo’lmasman hayron
agarda sha’nimga davoman, to’xtamasdan yog’ilsa ham xazon
yoyilsa rost yoki yolg’on, farqi nimada?
og’ir vazn bilan xunuk muomala qilish
qoshlarning burmalanishi har kimda berkingan hislat
negadir kulib tab-ssum qilish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi
qilinmas odat, umuman olganda saqlanmaydi ba’zida odobu matonat
hamma o’ziga bek, o’zicha o’ziga xon, boriga yo’qdir qanoat

kun o’tar kundan g’animat
yuraklarda yotar hasrat
yaxshi so’z bilan yaxshilar bo’laylik
qalblarimizga yo’l topaylik
hamma hammaga g’animat
afsus topmay oxiri oqibat
yaxshilik qilib hamohang bo’laylik
do’stlik dargohiga jam bo’laylik

kun o’tar kundan g’animat
yuraklarda yotar hasrat
yaxshi so’z bilan yaxshilar bo’laylik
qalblarimizga yo’l topaylik
hamma hammaga g’animat
afsus topmay oxiri oqibat
yaxshilik qilib hamohang bo’laylik
do’stlik dargohiga jam bo’laylik

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...