letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de ko'ngil - shoxrux

Loading...

charchadim maqsadsiz yashash tarzidan
aqlim uzra sarhadlarimning zabt etilganidan
man huddi qulman, nafsimga arzon sotilgan
huddi mahbusman, o’limga hukm qilingan

to’g’ri deb bilib havoi-safoni
unutdim qalbim qo’rg’onini
har bir harakatim yaratdi o’zimga qarshi bo’lgan qurolni
unutdim yana nafs degan dushmanning hiylasini
aqlimni asir oldi, har turga solib holatimni
sog’inmadim oddiyona beg’ubor hayotimni

sukut saqlamoq yo yana savollar bilan tutilmoq
hammasi chalkashib ketdi bekorga
g’animatimni topshirdim nafs degan dushmani hiylasiga
o’zim esa shunchaki qulman unga
nuqta qo’ygim kelardi hammasiga

ammo ko’ngil yana u, yana man, yana u
xatolardan bo’lak nelar qoldi manda?
ko’ngil yana u, yana man, yana u
singan haqiqatdan bo’lak nelar qoldi ko’nglimda?

negadir dilimni og’ritadigan so’zlarni
ko’pligidan chalkashdim
har bir so’zlar tikan kabi botadi qalbimga, yuragimga
gar yetmay qolsachi umrim?

balki ertaga ohirgi bekat, ulgurishim kerak
har hil holatdagi yaxshi amallarga
gar nazar tashlasam razolatu xiyonatdan
boshqa hech narsa ko’rinmas ortimda

tobora iste’moli zinoyu safodan
ularning oldida o’zim bosh egdim
lek yurak egmadi, u yana mag’rur edi
u bir insonni deb urar edi

man esa ranjitdim kimlarni deb uni
man bosh egmadim yurak esa egdi
man mag’rur edim yuragim esa sevardi

yu-yuragi sevardi
ko’ngil yana u, yana man, yana u
xatolardan bo’lak nelar qoldi manda?
ko’ngil yana u, yana man, yana u
singan haqiqatdan bo’lak nelar qoldi ko’nglimda?

san ayt, nega ketding?
san ayt, mani kimlarga alishding?
san ayt, yana nelarni istardi bu ko’ngling?
san ayt, nega endi qaytding?

ayblama san mani
hamma ayb jilovi yo’q nafsingda
hamma ayb o’zingda
man esa kutardim
sani ko’z yoshlar bilan ko’zlarimda
bedor tunlarimda

do’st bilib sabrni tunlarim uzun kunlarimdan
san esa hatlab o’tding beayb tuyg’ularim ustidan
nafsingni deb yuz o’girding jonim mandan
orada sevgi uvol ovora
ko’nglim esa parcha bo’lib ming bora
barglar to’kilib kelsa kuz eslagin mani
yog’ib oppoq qor kelsa qish eslagin mani

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...