letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de ko'ndi - shohrux ummon

Loading...

mana bugun maqsadlaringga yetding bir qara
olislardamiz bir-birimizdan uzoqda
chorasiz qirg′oqda qolgan yolg’iz insondek

turibman jim, yordam berolmas hechkim
o′rtamizda endi masofa uzoq
va unda tuzoq bo’lib turibdi g’ururlarimiz
qayerlarda qoldi tuyg′ularimiz?
o′rab oldi arqon bo’lib xasratlarimiz

axir bir esla birga bo′lgunimizgacha
bosib o’tgan edik qancha yo′llar, qancha qoyalar
ketdi zoyalar, shuncha harakatlarim
baxtga qolganida bir qadam, keldi ayriliq
shunchalar oson ajraldik ortga qayrilib
sog’inchlar yurakka kelar yana sanchilib
ko′z oldimdan ketmaydi men tomon yurib kelar eding
iforlaringga burkanib

yurak so’ramagin, bo’ldi
sensizlikga ko′ndi, ko′ndi, ko’ndi
ko′zlarim yig’lamagin, bo′ldi
sabr kosam to’ldi, to′ldi, to’ldi
qaytolmaymizku hech endi
sevgi faslimiz kuz endi
begona gulga qo’ndi, qo′ndi, qo′ndi
afsus qo’ndi, qo′ndi qo’ndi

nahotki baxtlisan yuribsan xotirjam
mening esa yuragimda armonlar bo′ldi jam
tunlari bedorman, o’ylab javob topolmadim savollarimga
sababchi bo′lib ketding savollarimga
bo’lishi mumkin emas, aqlimga sig’mas
yoningda bugun o′zga, men emas
o′rnimni egallaydi hayot yo’lingda
balkim hamon borman dilingda

o′ylamagandim bir kun kelib osongina besabab
voz kechib ketasan deb, o’zgani deb
sog′inchlarning olovi tobora alang olar
darz ketib ikkiga, baxtimiz so’nib borar
qayerlarda qolib ketdi biz qilgan orzular?
shunchaki sani olib ketdi soxta tuyg′ular
sani o’ylamaslikni yo’llarini izladim
lekin ming afsus, hech topa olmadim

yurak so′ramagin, bo′ldi
sensizlikga ko’ndi, ko′ndi, ko’ndi
ko′zlarim yig’lamagin, bo′ldi
sabr kosam to’ldi, to’ldi, to′ldi
qaytolmaymizku hech endi
sevgi faslimiz kuz endi
begona gulga qo′ndi, qo’ndi, qo′ndi
afsus qo’ndi, qo′ndi qo’ndi

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...