letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de yursin karvonlar - юлдуз усманова (yulduz usmanova)

Loading...

[verse 1]
laganbardorlar talashib o‘rin
bir-birining quritar sho‘rin
tentak bermay tentakka to‘rin
quritadi tentakning sho‘rin

san’atkorlar izlashib zo‘rin
bir-birining quritar sho‘rin
olim topib olimning go‘rin
kasbdoshining quritar sho‘rin

[chorus]
garchi shuncha mag‘rur tursa ham
piyolaga egilar choynak
shunday ekan manmanlik nechun
kibr-u havo nimaga kerak?

kamtarin bo‘l hatto bir qadam, eh, yarim qadam
o‘tma g‘urur ostonasidan
piyolani inson shuning uchun
o‘par doim peshonasidan

karvonlar ko‘p — rizqi bo‘lakdir
mayli yursin o‘sha karvonlar
insonlar ko‘p — taqdirlar bo‘lak
lekin qabrlar boshqa-boshqadir
[verse 2]
qassoblar-ku hammadan burun
tanishim quritar sho‘rin
shoirlar-chi berib qalb qo‘rin
she’r yozmoqning o‘rniga ko‘ring

o‘lmay turib talashib ko‘ring
bir-birining quritar sho‘rin
ahmoq bermay ahmoqqa to‘rin
quritadi tentakning sho‘rin

[chorus]
garchi shuncha mag‘rur tursa ham
piyolaga egilar choynak
shunday ekan manmanlik nechun
kibr-u havo nimaga kerak?

kamtarin bo‘l hatto bir qadam, eh, yarim qadam
o‘tma g‘urur ostonasidan
piyolani inson shuning uchun
o‘par doim peshonasidan

karvonlar ko‘p — rizqi bo‘lakdir
mayli yursin o‘sha karvonlar
insonlar ko‘p — taqdirlar bo‘lak
lekin qabrlar boshqa-boshqadir
karvonlar ko‘p — rizqi bo‘lakdir
rizqin yesin o‘sha karvonlar
insonlar ko‘p — taqdirlar bo‘lak
so’roqlari boshqa-boshqadir

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...