letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de shoir yuragi - юлдуз усманова (yulduz usmanova)

Loading...

[verse 1]
yo rab, o’tar bu ko’prikdan jamiyki jonzot
chumolidan tortib, fillar ham o’tar
sultonlar o’tadi goh shod, goh noshod
zanjirlarin sudrab qullar o’tadi

elchilarga o’xshab turfa zamonda
shaloq aravalar, “mers”lar o’tadi
ro’baro kelishib ikki tomondan
bir biriga tamom terslar o’tadi

[chorus]
oliftalar o’tar, g’arib siyrati
botirlar o’tadi, qalbida o’tlar
beshiklar o’tadi, dunyo ziynati
o’tadi lapanglab, vazmin tobutlar

[verse 2]
muttasil, o muttasil bu yo’lda keladi to’qnash
nur bilan zulmat, o’lim va hayot
bu ko’prik olamning o’ziga o’xshash
bir farqi sohibi ixtiyorsiz zot

ko’prik ostidagi jo’sh urgan daryo
suv emas, o’tganlar taxir ko’z yoshi
har neni ko’targay bir o’zi tanho
bor na ta’mirchisi, bor na yukdoshi
[chorus]
bu ko’prik bu ko’prik qulasa agar
ne hislar qolardi sarson-sargardon
garchi qismatida bor qancha xatar
gar nechuk bariga u balogardon…

bu ko’prik bu ko’prik qulasa agar
ne hislar qolardi sarson-sargardon
yo sulton bo’l, yo bir oddiy bir dehqon
hammani teng birday olib ketadi

[outro]
bu ko’prik bu ko’prik qulasa agar
ne hislar qolardi sarson-sargardon
yo sulton bo’l, yo bir oddiy bir dehqon
hammani teng birday olib ketadi

bu ko’prik bu ko’prik qulasa agar
ne hislar qolardi sarson-sargardon
bizdan so’ramaydi, olib ketadi
olib ketadi

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...