letra de onaginam - юлдуз усманова (yulduz usmanova)
[verse 1]
nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash
ham egilib, bu egilmas bosh
ko‘zlarimda qalqib tursa yosh
bu holimga berolmay bardosh
bir mushtipar onam yig‘laydir
qolganlari yolg‘on yig‘laydir
qaytar bo‘lsam quruq qo‘l ovdan
qora qozon qolsa qaynovdan
ham ayrilib o‘lja, ulovdan
qarzga botar bo‘lsam birovdan
taskin berib onam yig‘laydir
qolganlari yolg‘on yig‘laydir
[chorus]
onaginam, qadring bilmas farzandingman, onajon
onaginam, onaginam, eh, onajon
onaginam, qadring bilmas farzandingman, onajon
onaginam, onaginam, eh, onajon
[verse 2]
birda haqdin, birda nohaqdin
jabr ko‘rsam bir betavfiqdin
ortda tursam qalbi quroqdin
qadrim xarob bo‘lsa tuproqdin
ohlar urib onam yig‘laydir
qolganlari yolg‘on yig‘laydir
sinalmoqning gali kelganda
nogoh mag‘lub bo‘lsam maydonda
nomim qolmas bo‘lsa jahonda
kim do‘st-dushman bilinar onda
ahvolimga onam yig‘laydir
qolganlari yolg‘on yig‘laydir
[chorus (quiet)]
onaginam, qadring bilmas farzandingman, onajon
onaginam, onaginam, eh, onajon
onaginam, makkayu madinamsandir, onajon
onaginam, onaginam, eh, onajon
onaginam, qorong‘ulikda bir quyoshimsan, onajon
onaginam, onaginam, eh, onajon
onaginam, duolar bilan yonimdasan, tog‘imsan
onaginam, onaginam, eh, onajon
[spoken word]
og‘a-ini o‘rtasida gap…
alhol kelib chiqsa ixtilof
biri izzat, biri mulk talab
— bu oq sutim, mehrimga xilof, —
deya sho‘rlik onam yig‘laydir
qolganlari yolg‘on yig‘laydir
yolg‘on yig‘laydir
letras aleatórias
- letra de bad 4 me - jack samson
- letra de my myopia - hugh coles
- letra de song to a stranded warrior: a memorial - julia ecklar
- letra de el 3omr 22sr mn - r3 رع
- letra de 21:37 - mlodypatras
- letra de galaxy - dremmz
- letra de outro - tana combinaguai
- letra de ha-satan - sun diego
- letra de d.a.p. - münecat
- letra de church - nate emmanuel