letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de gar o'lsam - юлдуз усманова (yulduz usmanova)

Loading...

samodagi yulduzlarga ko’chsam hamki
zulmatlarda shamdek yonib o’chsam hamki
olislarda sendan ayro tushsam hamki
daryo bo’lib toshar ko’nglim, toshar ko’nglim
yurak sen deb urib turar – ona yurtim

sen bo’lmasang bo’larmidim – yulduz bugun?
ishqingdan qalb yonar kecha-kunduz bu kun
chuqur botdi qalbimga bir ildiz bu kun
ildizidan uzilsa kim shaksiz so’nar
ildizidan uzilmagan chinor bo’lar

gar o’lsam, beshigimning yopinchig’in topinglar
yirtiq-yamoq bo’lsa-da tobutimga yopinglar
ko’rsinlar yig’ilganlar, umrim bir xatodir
bu dunyodan topganim shu bir parcha – matodir

senga tomon talpinarman, yuragim sen
har qadamda panoh menga, keragim sen
qayda bo’lmay sening bitta bo’lagingman
kecholmasman sendan, asl o’zligimsan
qora qoshli, qora ko’zli o’zbegimsan

men vatanni alishmasman dunyolarga
alishmasman parij, rim, amriqolarga
tuprog’ingni zarrasin teng tillolarga–ey
ona yurtim dildan sevgan dilbandingman
xizmatingga kamarbasta farzandingman
gar o’lsam beshigimning yopinchig’in topinglar
juldur-javoq bo’lsa-da tobutimga yopinglar
ko’rsinlar yig’ilganlar, umrim bari xatodir
bu dunyodan topganim shu bir parcha – matodir
shu bir parcha – matodir

chiqmay turib shirin joni badanidan
kechmas yulduz o’z elidan, vatanidan
ayro tushmas bulbul ham o’z chamanidan
bulbul bo’lib navo qildim bog’laringda
garchi qancha alam qoldi zog’laringda
alam qoldi zog’laringda

gar o’lsam, beshigimning yopinchig’in topinglar
yirtiq-yamoq bo’lsa-da, tobutimga yopinglar
ko’rsinlar yig’ilganlar, umrim bari xatodir
hayotimda topganim shu bir parcha – matodir
shu bir parcha – matodir

umrim bari xatodir
shu bir parcha – matodir

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...