letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de faqat sabr tiladim - юлдуз усманова (yulduz usmanova)

Loading...

[verse 1]
bo‘g‘zimga tiqilgan ul toshlarni yutolmadim
ko‘zimga sig‘magan ul yoshlarni yutolmadim
minnatga damlangan ul oshlarni yutolmadim
demangiz, men o‘zimga bilib jabr tiladim
tilasam gar ollohdan, faqat sabr tiladim

[chorus]
tiladim
yig‘lab-yig‘lab tiladim
yuragimdan tiladim
hammamizga tiladim
ham yaxshi, ham yomonlarga
faqat sabr tiladim

[verse 2]
tuhmatchining tilagin tarozi tortmas ekan
oriyat osmonining quyoshi botmas ekan
qadrini qalqon bilgan poygakda yotmas ekan
bandaman, goh-gohida manam nadir tiladim
tilagimning so‘nggida qo‘rqib sabr tiladim

[chorus]
tiladim
yig‘lab-yig‘lab tiladim
faqat sabr tiladim
arofatlarda tiladim
yurtimizga omonlik, barakotlar tiladim
[verse 3]
nafsining quli bo‘ldi qilganda ilk bor xato
jannatning chamanidan quvildi odam ato
bu qanday dard erurki, bandasi topmas davo
demagin, qodir egam, sendan qahr tiladim
ojizman ostonangda, qulman, sabr tiladim

[chorus]
tiladim
yig‘lab-yig‘lab tiladim
arofatlarda tiladim
ham minolarda tiladim
hammamizga imon-insof
faqat sabr tiladim

tiladim
yig‘lab-yig‘lab tiladim
faqat sabr tiladim
hammamizga tiladim
yig‘lab-yig‘lab uhlamay
imon-insof tiladim

[spoken word]
shayton la’in qonida jilmayadi aldamchi
muhammad mustafodek kim solur unga qamchi
joynamoz jamolida yoshim tomchi-tomchi
imon oshiqi dilga safti-sadr tiladim
umrijonga baraka, haqdan sabr tiladim

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...