letra de orzu qilaman - konsta
[«orzu qilaman» qoʻshigʻi matni]
[koʻplet 1]
orzu qilaman: qaysi eshikni ochsam ham hamma hursand
hamma insonlar teng boʻlib bitta koʻchadan yursa
bir birini aldamas, hattoki boʻlsa ham fursat
orzu qilaman oʻlguncha shularni koʻrsam
insonlar bir birini qilmaydi gʻiybat
dushmandek hursand boʻlmas boshingga tushsa musiybat
yashasak bir birimizni suyib, qadrlab, siylab
shuni orzu qilaman, har kuni oʻzimni qiynab
orzu qilaman: insondan qadrliroq turmasa pul yoki lavozim
asrlar oshib kelgan kasalimiz topsa davosin
bir biriga dushmanchilik odat ham oʻtmishda qolsa
men orzu qilaman, gapiraman toki bor ovozim
orzu qilaman: tassavur qil, bir birini doim qoʻllar vatandosh
«toʻxta» deydi, qoʻshilvolmaydi otilsa orqadan tosh
tassavur qil, bir boʻlib chiqarsak bir yoqadan bosh
tassavur qilsam behosdan koʻzlarimdan oqadi yosh
[naqarot]
orzu qilaman
men orzu qilaman (hamma birga)
orzu qilaman, orzu qilaman
qani, siz ham, siz ham, boʻling
[koʻplet 2]
orzu qilaman: insonlar kabi fikrlasak, oʻxshamay toʻdaga
oʻzimiz tanlasak, ergashmay trend yoki modaga
yugurtirmasa bizni qandaydir chegirma yo tekin
inoq boʻlsak har ikkinchi xalq kabi dunyodagi
orzu qilaman: insonlar birovni shaxsiy ishi bilan qiziqmasa
qachon toʻy, qaysi kasbni tanlashi hech kimni siqmasa
dushman kim boʻlsa boʻlsin, faqat oʻzimiz ichimizdan chiqmasin
birlashsak, ta’sir qilmas bizga oʻzgalarni fitnasi
orzu qilaman: lekin bu muammo yuz yillik, balki koʻproq
nima qilay shu boʻlsa, kindik qon toʻkilgan tuproq
dunyoda erishsa boʻlar oddiy orzular koʻproq, biroq
hech boʻlmasa shu orzudan koʻnglim boʻladi toʻqroq
[naqarot]
orzu qilaman
men orzu qilaman (qani birga)
orzu qilaman, orzu qilaman
qani, siz ham, siz ham, boʻling
[chiqish]
orzu qilaman
letras aleatórias
- letra de ptit bâtard - sultan
- letra de the ghost of love - tavares
- letra de mood/sexual - aylek$
- letra de chatterbox - the prayer chain
- letra de visual therapy - strawberry girls
- letra de ερωτευμένη πολύ (erotefmeni poli) - elli kokkinou
- letra de miracle - mosaic msc
- letra de backstroke - dizzy
- letra de respeto - izzle payo
- letra de whole misery - liam k