letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de lola - jahongir otajonov

Loading...

mendan nima qolar
ikki misra she’r
ikki sandiq kitob
bir uyum tuproq
odamlar ortimdan
nima desa der
men seni o’ylayman
o’zimdan ko’proq

lola, lola, lolajonim
lola, lola, lolaqizg’aldoq
men seni o’ylayman
o’zimdan ko’proq
lola, lola, lolajonim

men ketsam, yomondan
yiroq bo’l, ohu
chunki sen chiroyli
ko’rkli bir malak
yomon kunlar bir kun
yaxshi bo’lar-u
yomon odam yaxshi
bo’lmas hech qachon
lola, lola, lolajonim
lola, lola, lolaqizg’aldoq
men seni o’ylayman
o’zimdan ko’proq
lola, lola, lolajonim

uyda yotibman-u
sezib turipman
ko’kda kelayotir
qushlar qaytishib
xayrlar yog’dirib
qanotlaridan
xasta shoiriga
vido aytishib
bor, mening uchun ham
ularga qo’l qoq

lola, lola, lolajonim
lola, lola, lolaqizg’aldoq
men seni o’ylayman
o’zimdan ko’proq
lola, lola, lolajonim

ularni men yana
ko’rarmanmi-a
ayvondan odamdek
kuzatolmadim
kuz, to’ylar boshlandi
yuragim pora
bitta qizimni ham
uzatolmadim
demak, taqdir ekan
to’y ko’rmay o’lmoq
lola, lola, lolajonim
lola, lola, lolaqizg’aldoq
men seni o’ylayman
o’zimdan ko’proq
lola, lola, lolajonim

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...