letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de musofir - botir qodirov

Loading...

qoshing qora, ko’zlaring qora
yulduzisan qaysi osmonning?
eslolmasang, o’zim eslatay
bolasisan o’zbekistonning

qachon kelding bu yerga o’zi
ne maqsadda daydib yuribsan
anchagina ulg’ayibsan-ku
qorayibsan, ozib-to’zibsan

jilg’alarsiz daryo quriydi
daryoyingni qo’yma unutib
yur, barini eslaymiz birga
aylantiray qo’lingdan tutib
yodingdami beshiging, o’g’lim?
undan hali hiding ketmagan
mahallangning yo’liga qara
bundan hali izing ketmagan

qara, onang tandir yonida
yopayapti sen uchun kulcha
etagidan ajralmasdingku
sog’intirding sen uni buncha?

akang bilan uchirgan varrak
boq, osmondan tusholmayapti
opang seni sog’inib yig’lab
tishlaganin yutolmayapti

oxirgi bor qachon esh-tding
to’ylardagi yor-yorni, o’yla?
bor, xayolan, do’stlaring bilan
o’rtaga tush, quloch yoz, o’yna

eh, hayit bayramini sog’inib
oqizdingku ko’zing yoshini
senga asrab charchadi yangang
arafaning shirin oshini

qara, o’sha tanish choyxona
choylashib gasht qilar keksalar
ko’rding, otang kulolmayapti
yo’lga qarab, seni axtarar
ammang, xolang, amaking, tog’ang
tarqatyapti sumalaklarni
nahot sog’inmading, jon bolam
navro’zdagi kamalaklarni?

qara, buving qaddi bukilib
ushoqdayin bo’lib qaribdi
bir ko’rishga ulgurmikansan?
xastalanib, yotib qolibti

bolam, deysan tilingdan ming bor
qo’lingdan dast ko’tarolmaysan
kechirsa ham bir kun ayoling
sen o’zingni kechirolmaysan

musofirning qadri bo’lmaydi
musofirning qabri bo’lmaydi
musofirning musofirlikdan
o’tadigan dardi bo’lmaydi

tish qayrama, yomom dema hech
seni katta qilgan vatanni
kim deydilar eshigini tepib
beshigini buzgan od-mni?

yashnamaydi novda ildizsiz
tomiring suv ichgan yerga bor
otang qurgan yo’llarni yashnat
uy yoniga yana bir uy sol
yaxshilik qil, yurtingni yashnat
qo’ldan berma shunday imkonni
sen hech kimdan kam emassan, bil
bolasisan o’zbekistonning

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...