letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de yomg'ir - shohjahon jo'rayev

Loading...

aldanganmi zor yig’lar osmon,
kiprigimga tomchilar og’ir.
aldanganmi zor yig’lar osmon,

kiprigimga tomchilar og’ir.
darddan zada, qayg’uga oshyon
yuragimga sanchilar yomg’ir.
darddan zada, qayg’uga oshyon
yuragimga sanchilar yomg’ir.
bo’g’zim uzra yonar qo’rg’oshin,
zil ko’ksimda tuyg’ular og’rir.
o’z qo’lim mushtlagan boshim
bilmam nega siypalar yomg’ir,
oh, o’z qo’lim mushtlagan boshim
bilmam nega siypalar yomg’ir.
yomg’ir, yomg’ir,
yuragimga sanchilar yomg’ir.
bor dunyoning to’rt tomonida
xiyonatlar yoygan keng tomir,
nopoklarning kir tovonidan
asrolmayman, yanchilar yomg’ir.
umr bir qur telbaning darsi,
vujud avval, rux esa oxir.
nomardlarning kasofat kasrin
yuvib o’tar farishta yomg’ir,
nomardlarning kasofat kasrin
yuvib yog’ar farishta yomg’ir.
yomg’ir, yomg’ir,
yuvib o’tar farishta yomg’ir.
yomg’ir, yomg’ir,
yuragimga sanchilar yomg’ir.
yuragimga sanchilar yomg’ir.

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...