letras.top
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

letra de choygacha - ulug'bek rahmatullayev

Loading...

qandu-novvot jilosi
borsa qaynoq choygacha,
yorning dimog’i baland,

yetib borar oygacha.
qaramaydi, boqmaydi,
biror so’zim yoqmaydi.
qiz bolaning nozlari,
deydilarki to’ygacha.
qandu-novvot jilosi
borsa qaynoq choygacha.
quyosh taftidan erib
ketadi qorday qizlar.
yurakdanmas quloqdan
sevadi go’zal qizlar.
biz quyoshmiz, mehr-la
eritamiz muzlarni.
asrab-avaylab sevmoq
kerak go’zal qizlarni-yey.
qandu-novvot jilosi
borsa qaynoq choygacha,
yorning dimog’i baland,
yetib borar oygacha.
qandu-novvot jilosi
borsa qaynoq choygacha,
qiz bolaning nozlari,
deydilarki to’ygacha.
ayolligi, vafosi
emas uning xatosi.
ayol kishi bir og’iz
shirin so’zning gadosi.
qo’llariga gul tutib,
xato qilsa unutib,
ayol – gul, gulni esa
avaylab kaftda tuting.
qandu-novvot jilosi
borsa qaynoq choygacha,
yorning dimog’i baland,
yetib borar oygacha.
qaramaydi, boqmaydi,
biror so’zim yoqmaydi.
qiz bolaning nozlari,
deydilarki to’ygacha.
qandu-novvot jilosi
borsa qaynoq choygacha.

letras aleatórias

MAIS ACESSADOS

Loading...